Qirg‘izistondan olib kelingan 3 kg narkotik poytaxtga «yetib bora olmadi»

eʼlon qilindi
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Giyohvandlik va narkojinoyatlar
Qirg‘izistondan olib kelingan 3 kg narkotik poytaxtga «yetib bora olmadi» / Foto: CPD

Andijon viloyati Bo‘ston tumanida o‘tkazilgan reyd vaqtida ikki fuqaro salkam 3 kg «gashish» moddasi bilan qo‘lga tushdi. Bu haqda DXX matbuot xizmati ma’lum qildi.

«Andijon – Toshkent» yo‘nalishida harakatlanayotgan «Lacetti» rusumli avtomobil belgilangan tartibda to‘xtatib, tekshirildi. Tekshiruv chog‘ida 1984-yilda tug‘ilgan, Andijon shahrida yashovchi fuqaroga tegishli bo‘lgan 2 kg 994 g «gashish» moddasi topildi va protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Tadbir davomida mazkur ish bo‘yicha jinoiy sherik sifatida gumon qilingan 1993-yilda tug‘ilgan fuqaro ham qo‘lga olindi. Tekshiruv natijalariga ko‘ra, ular og‘ufurushlardan $23 mingga sotib olingan giyohvandlik vositasini Qirg‘izistondan kontrabanda yo‘li bilan olib kirib, Toshkent shahrida sotmoqchi bo‘lgan.

Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan JKning 28,246-moddasi 2-qismi (kontrabanda) va 25,273-moddasi 5-qismi (giyohvandlik vositalarini o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, «qamoq» ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda giyohfurush oila 8 kg narkotik modda bilan qo‘lga tushgan edi.

Shuningdek