
Qishda ertalab mashina oynasi muzlab qolishi haydovchilarning eng ko‘p vaqtini oladigan muammolardan biri. Britaniyada haydovchilarga juda g‘alati, lekin foydali usul tavsiya qilindi. Bu haqda Express xabar bermoqda. Ular avomobil oynasini bodring bilan artadi.
Nega bodring yordam beradi?
Mutaxassislarning aytishicha, bodring tarkibidagi tabiiy yog‘lar oynada ingichka himoya qatlam hosil qiladi. Bu qatlam suvni itarib yuboradi va kondensat kamroq to‘planadi. Natijada oyna kamroq muzlaydi va tezroq tozalanadi.

Qanday qo‘llash kerak?
- Mashinada old oyna isitilishini yoqing.
- Konditsionerni yoqib, salon ichidagi namlikni kamaytiring.
- Oynani mato bilan artib quriting.
- Bodringning uchini kesib, oynaga bir necha marta yurgizib chiqing.
- Shu bilan oynada himoya hosil bo‘ladi va muz kamroq yopishadi.
O‘zbekistonda bodring narxi qancha
O‘zbekistonda bodring bodring narxi 21 ming so‘mdan boshlanadi. Toshkent shahridagi supermarketlarda 24 ming so‘mdan xarid qilish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Chevrolet Cobalt avtomobilining yonilg‘i sarfi haqida yozgan edi.