Samsung Galaxy S26 seriyasi magnitli Qi2 ekotizimi bilan taqdim etiladi

11-dekabr 2025 14:30 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir l.turayeva@kursiv.media
Foto: Samsung

Samsung’ning navbatdagi flagmanlari Galaxy S26, S26 Plus va S26 Ultra haqida yangi ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Bu haqda Gizmochina nashri xabar berdi.

Ular kompaniyaning kelasi yilgi asosiy e’tibori smartfon emas, balki aksessuarlar ekotizimida bo‘lishini ko‘rsatmoqda.

Unga ko‘ra, Galaxy S26 seriyasi ilk bor Qi2 standartini to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi. Eng diqqatga sazovor o‘zgarish — Galaxy S26 Ultra modelida simsiz zaryadlash quvvati 25 Vt ga oshirilishi. Bu S25 liniyasidagi 15 Vt ko‘rsatkichiga nisbatan jiddiy yangilanish hisoblanadi.

Samsung shu bilan birga aksessuarlar liniyasini ham yangilamoqda. Yangi avlod uchun Magnetic Clear, Magnetic Carbon, Magnetic Rugged va Magnetic Silicon kabi magnitli g‘iloflar ishlab chiqilmoqda. Shuningdek, kompaniya Qi2 standartiga mos 25 Vt quvvatli zaryadlovchi (EP-P2900) va magnitli powerbankni sinovdan o‘tkazmoqda.

S26 Ultra modeli uchun maxsus ikki magnitli ushlagich ham paydo bo‘ladi. U S Pen bilan ishlaydigan foydalanuvchilar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, qurilmani qulay joylashtirish va mahkamlash imkonini beradi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Samsung Galaxy S26 Ultra qanday rangda chiqishi haqida yozgandi.

Shuningdek