Talabalarga chegirma, Maryam Tillayevaning to‘yi, avtomobil importiga cheklov va Shohjahon Ergashevning o‘yini — 11-dekabr kungi yangiliklar dayjesti


Talabalar uchun poyezd chiptalariga 50 foizlik chegirma beriladi
Oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar uchun qishki ta’til davomida mahalliy yo‘nalishdagi poyezd qatnovlarida chegirmalar beriladi. Bu haqda «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ matbuot xizmati ma’lum qildi.

Papa John’s pitsa tarmog‘i Qozog‘iston va Qirg‘izistonda faoliyatini to‘liq to‘xtatdi
Amerikaning Papa John’s pitsa tarmog‘i Qozog‘iston va Qirg‘izistonda to‘liq yopilmoqda. Kursiv Media dunyodagi uchinchi eng yirik pitsa tarmog‘i nima uchun Markaziy Osiyodan chiqib ketayotgani haqida ma’lumot berdi.

Qoraqalpoq o‘tovi YUNESKOning reprezentativ ro‘yxatiga kiritildi
Qoraqalpoq o‘tovi YUNESKOning Insoniyat nomoddiy madaniy merosining reprezentativ ro‘yxatiga kiritildi. Qaror Hindiston poytaxtida bo‘lib o‘tayotgan YUNESKO qo‘mitasining 20-sessiyasida bir ovozdan qabul qilindi. Ushbu nominatsiya O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston tomonidan qo‘shma tarzda taqdim etilgan.

Maryam Tillayeva bo‘lajak to‘yi tafsilotlarini ochiqladi — xarajatlar teng taqsimlanadi
O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimovning nabirasi Maryam Tillayeva bo‘lajak turmush o‘rtog‘i Arnold bilan to‘y marosimini kelgusi yilning kuzida O‘zbekistonda o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Tillayeva «Shurikning g‘aroyib sarguzashtlari» filmi premyerasida ma’lum qilgan.

O‘zbekistonda fuqarolar nomiga olib kiriladigan avtomobil importi qisqartiriladi
O‘zbekistonda jismoniy shaxslar nomiga rasmiylashtiriladigan yengil avtomobillar importi bosqichma-bosqich qisqartirilishi rejalashtirilmoqda. Buning o‘rniga yuridik shaxslar uchun mavjud bo‘lgan notarif cheklovlar yumshatilib, avtomobil olib kirish jarayonlari tartibga solinadi.

Disney OpenAI’ga SI videolari yaratish uchun 1 milliard dollar sarmoya kiritadi
Disney OpenAI’ga $1 mlrd sarmoya kiritadi va startapga Sora AI video generatorida Star Wars, Pixar va Marvel brendlari personajlaridan foydalanishga ruxsat beradi. Bu haqda Reuters agentligi ma’lum qildi.

Germaniya aholisi 2070-yilga kelib 10 millionga kamayishi mumkin — statistika
Germaniya aholisining qarishi va tug‘ilishning kamayishi natijasida kelajakda sezilarli demografik o‘zgarishlar kuzatilishi kutilmoqda. Bu haqda Reuters agentligi ma’lum qildi.

Shohjahon Ergashev Samarqandda kongolik bokschiga qarshi ringga ko‘tariladi
Professional boksning super yengil vazn toifasida IBF kamari uchun sobiq da’vogar Shohjahon Ergashev 20-dekabr kuni Samarqandda navbatdagi jangini o‘tkazadi. Bu haqda Olamsport xabar berdi.