Tank 300 avtomobili yarim milliondan ko‘proq sotildi

11-dekabr 2025 09:31 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Tank 300 avtomobilining umumiy savdosi qancha / Foto: Tank

Great Wall Motor kompaniyasi Tank 300 avtomobilining umumiy savdosi 500 ming dona chegarasidan o‘tgani haqida ma’lum qildi. Bu haqda Autohome xabar bermoqda.

Model Xitoy bozorida barqaror talabga ega bo‘lgan eng ommabop yo‘ltanlamaslardan biri sifatida qayd etilmoqda. Tank 300 hozirda Xitoyda beshta versiyada taklif etiladi. Ular 2 litrli benzin dvigateli, 2,4 litrli dizel agregati hamda Hi4-T gibrid tizimi bilan jihozlanadi. Rossiya bozoriga esa faqat 2 litrli benzinli versiya 8 pog‘onali avtomat uzatma bilan yetkazib berilmoqda.

Bugun Xitoyda Tank 300’ning maxsus Polar Edition talqini taqdim etiladi. Jami 300 dona bilan cheklangan bu versiyada o‘ziga xos kuzov ranglari, AT turidagi yo‘ltanlamas shinalar, 2,5 tonna tortish kuchiga ega, old oyna va o‘rnatgichlar uchun masofadan boshqariladigan isitish funksiyasi mavjud. Polar Edition 2,4 litrli, 186 ot kuchiga ega dizel dvigatel va 8 pog‘onali avtomat uzatma bilan taqdim etiladi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Tank 300 Polar Edition avtomobili qanday xususiyatlarga ega ekanligi haqida yozgan edi.

Shuningdek