Umra reklamalarida qonunni buzgan turoperatorlarga jarima qo‘llandi

Raqobat qo‘mitasi OAV va internetdagi Umra tadbirini tashkil etish va o‘tkazishga oid berilgan reklamalarni tekshirdi.
Tekshiruv davomida ayrim turoperatorlar Umra safariga oid reklamalarni litsenziyasiz joylashtirgani ma’lum bo‘ldi. Xususan, Navoiy viloyatida Panorama Travel va Shaffof Kichiksoy kompaniyalari litsenziya hujjatisiz reklama bergani uchun jarimaga tortildi.
Namanganda esa uch Telegram kanalida «Umra Ihlos Sardor domla», «Yuksak Ahsan Travel», «Express Parvoz» shunga o‘xshash qonunbuzarliklar aniqlanib, mas’ullar ma’muriy javobgarlikka tortildi.
Avvalroq «Kursiv» nashri O‘zbekistonda «Haj va Umra yagona portali» ishga tushgani haqida yozgandi. Endilikda Haj va Umra safarlariga onlayn tarzda navbatga yozilish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Yangi tizim – «Haj va Umra yagona portali» ishga tushirildi.