
Xiaomi kompaniyasi uch yil avvalgi flagman modellari uchun HyperOS 3 operatsion tizimining yakuniy versiyasini tarqatishni boshladi. Bu haqda XiaomiTime xabar bermoqda.
Yangilanish hozircha faqat Xitoyda ishga tushirildi va cheklangan miqyosda tarqatilmoqda. Bu orqali kompaniya tizimning barqarorligi va ishlash tezligini sinchiklab tekshirmoqchi.
Xiaomitime xabariga ko‘ra, HyperOS 3’ning uchinchi to‘lqinida jami 10 ta model bor. Ro‘yxat quyidagicha:
| № | Model nomi | HyperOS 3 holati | Izoh |
|---|---|---|---|
| 1 | Xiaomi MIX Fold 3 | Yakuniy versiya Xitoyda tarqatilmoqda | Cheklangan bosqich |
| 2 | Xiaomi 13 Ultra | Yakuniy versiya Xitoyda tarqatilmoqda | Barqarorlik testi davom etmoqda |
| 3 | Xiaomi 13 Pro | Yakuniy versiya Xitoyda tarqatilmoqda | Eski flagmanlar toifasi |
| 4 | Xiaomi 13 | Yakuniy versiya Xitoyda tarqatilmoqda | 3 yillik model |
| 5 | Redmi Note 15 Pro+ | Yangilanish boshlangan | Dastlabki sinov bosqichi |
| 6 | Redmi Note 15 Pro | Yangilanish boshlangan | Cheklangan foydalanuvchilar |
| 7 | Redmi Note 14 Pro+ | Yangilanish boshlangan | Erta tarqatish |
| 8 | Redmi Note 14 Pro | Yangilanish boshlangan | Xitoy bozorida |
| 9 | Redmi Note 13 Pro+ | Yangilanish boshlangan | Stabil talqin sinovda |
| 10 | Redmi Note 13 Pro | Yangilanish boshlangan | Bosqichma-bosqich tarqatilmoqda |
Bu qurilmalar yangilanishni birinchi bo‘lib oladi, biroq dastlabki bosqichda yangilash faqat kichik foydalanuvchi guruhiga yetkazilmoqda. Xiaomi bu orqali ommaviy tarqatishdan oldin tizimdagi xatoliklarni aniqlab, umumiy barqarorlikni ta’minlamoqchi.
Kompaniya global versiya ham ishlab chiqilayotganini tasdiqladi. Hozircha HyperOS 3’ning xalqaro talqini ichki testdan o‘tayapti va keyinchalik dunyo bo‘yicha tarqatilishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Xiaomi HyperOS 3 tizimi eski modellarda ham ishlashi haqida yozgan edi.