
UEFA Chempionlar ligasi doirasida Germaniyaning «Bayer» klubi o‘z maydonida Angliyaning «Nyukasl» jamoasini qabul qildi. Keskin kurashlarga boy o‘tgan o‘yinda g‘olib nomi aniqlanmadi.
Uchrashuv mezbonlar uchun omadli boshlandi. O‘yinning 13-daqiqasida «Nyukasl» yarim himoyachisi Bruno Gimaraes kutilmaganda o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi va leverkuzenliklar hisobda oldinga chiqib oldi.
Ikkinchi bo‘limda voqealar rivoji keskin o‘zgardi. 51-daqiqada belgilangan penaltini Entoni Gordon aniq amalga oshirib, muvozanatni tikladi. 74-daqiqada esa Gordonning uzatmasidan so‘ng, yosh iqtidor egasi Lyuis Mayli ingliz klubini 1:2 hisobida oldinga olib chiqdi.

Biroq Leverkuzen klubi o‘yin yakuniga qadar kurashni davom ettirdi. Bahsning 88-daqiqasida Mazaning uzatmasidan keyin Alexandro Grimaldo raqib darvozasini aniq nishonga olib, jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi. Shu tariqa, jamoalar bir ochkodan bo‘lishib olishdi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Nyukasl» o‘z uyida «Atletik»dan ustun kelgani haqida xabar bergan edi.