YChL: «Yuventus»dan ishonchli g‘alaba, «Napoli» safarda ochko yo‘qotdi

11-dekabr 2025 05:14 eʼlon qilindi

Sardor Saidov

Sardor Saidov

Muxbir
Foto: UEFA

UEFA Chempionlar ligasining 6-turidan o‘rin olgan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. «Borussiya Dortmund»ning durang qayd etgan bo‘lsa, Daniya klubi gollarga boy bo‘lgan bahsda «Vilyarreal»dan ustun keldi.

«Borussiya Dortmund» o‘z maydonida Norvegiyaning «Bude-Glimt» klubini qabul qilib, kutilmaganda ochko yo‘qotdi. O‘yin mezbonlar uchun ajoyib boshlandi. Yulian Brandt 18-daqiqada hisobni ochib, jamoasini oldinga olib chiqdi. Biroq mehmonlar bo‘sh kelishmadi va birinchi bo‘lim yakunida Alesami muvozanatni tikladi. Ikkinchi bo‘limda Brandt dubl qayd etib mezbonlarni oldinga boshlagan bo‘lsa-da, «Bude-Glimt» o‘z xarakterini namoyish etdi. 75-daqiqada Yens Xauge tomonidan kiritilgan gol o‘yindagi yakuniy hisobni o‘rnatdi 2:2.

Боруссия Д — Буде-Глимт. Обзор матча Лиги чемпионов. 10.12.2025

«Yuventus» o‘z muxlislari qarshisida Kiprning «Pafos» klubini qiyinchiliksiz mag‘lub etdi. Birinchi bo‘limda hisob ochilmagan bo‘lsa-da, tanaffusdan so‘ng turinliklar bosimni oshirishdi. 67-daqiqada Ueston Makkenni Andrea Kambiasso uzatmasidan so‘ng hisobni ochgan bo‘lsa, oradan ko‘p o‘tmay, 73-daqiqada Jonatan Devid farqni ikkitaga oshirdi.

Ювентус — Пафос. Обзор матча Лиги чемпионов. 10.12.2025

«Benfika» o‘z uyida Italiyaning nomdor «Napoli» klubini qabul qilib, ishonchli o‘yin namoyish etdi. O‘yinning 20-daqiqasida Richard Rios hisobni ochib, mezbonlarga ruhiy ustunlik taqdim etdi. Ikkinchi bo‘lim boshlanishi bilan, 49-daqiqada Leandro Barreiru raqib darvozasini ishg‘ol qilib, hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirdi. «Benfika» himoyada mustahkam turib, muhim uch ochkoni o‘z hisobiga yozib qo‘ydi.

Бенфика — Наполи. Обзор матча Лиги чемпионов. 10.12.2025

«Vilyarreal» va «Kopengagen» o‘rtasidagi bahs turning eng tomoshabop o‘yinlaridan biriga aylandi. Mehmonlar o‘yinning 2-daqiqasidayoq hisobni ochishdi. «Sariq suvosti kemasi» ikkinchi bo‘lim boshida Santi Komesanya va Oluvaseyining gollari evaziga oldinga chiqib olgandi. Biroq daniyaliklar taslim bo‘lishmadi. Elias Ashuri hisobni tenglashtirdi, o‘yinning eng so‘nggi daqiqasida, 90-daqiqada esa Andreas Kornelius hal qiluvchi golni urib, «Kopengagen»ga g‘alabani taqdim etdi (2:3).

Вильярреал — Копенгаген. Обзор матча Лиги чемпионов. 10.12.2025

«Qorabog‘» va «Ayaks» to‘qnashuvi muxlislarga naq 6 ta gol taqdim etdi. Mezbonlar 10-daqiqada hisobni ochdi. Ammo «Ayaks» o‘yin tizginini o‘z qo‘liga oldi. Kasper Dolberg birinchi bo‘limda hisobni tenglashtirgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limda Mateus Silva, Oskar va Anton o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi. Yakunda 2:4 hisobida «Ayaks» ishonchli g‘alabaga erishdi.

Карабах — Аякс. Обзор матча Лиги чемпионов. 10.12.2025

Turning eng kutilgan o‘yinlaridan biri bo‘lgan «Atletik Bilbao» va «PSJ» to‘qnashuvida hisob ochilmadi. Ispaniyadagi «San Mames» stadionida kechgan bahsda har ikki jamoa ham ehtiyotkor o‘yin namoyish etdi.

Атлетик — ПСЖ. Обзор матча Лиги чемпионов. 10.12.2025

Avvalroq Kursiv Uzbekistan UEFA Chempionlar ligasining 6-tur bahslari bo‘lib o‘tgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek