Yevropada Redmi Note 15 LTE, Note 15 Pro LTE va 15 Pro+ 5G taqdim etildi

11-dekabr 2025 16:30 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir l.turayeva@kursiv.media
Foto: Gizmochina

Redmi Yevropa bozorida Note 15 LTE, Note 15 Pro LTE va 15 Pro+ 5G smartfonlarini rasman namoyish etdi. Bu haqda Gizmochina nashri xabar berdi.

Yangi modellar 5G talab qilmaydigan, ammo kuchli ekran, yuqori avtonomiya va zamonaviy SI funksiyalarini istaydigan foydalanuvchilarga mo‘ljallangan.

Redmi Note 15 LTE va Note 15 Pro LTE

Har ikkala qurilma 6,77 dyuymli FHD+ AMOLED displey, 120 Hz yangilanish tezligi va 3200 nitgacha yorqinlikka ega. Pro versiyada Gorilla Glass Victus 2 himoyasi qo‘llangan. Note 15 LTE Helio G100 Ultra, Note 15 Pro LTE esa kuchliroq Helio G200 Ultra chipida ishlaydi. Qurilmalarda 8 GB operativ xotira va UFS 2.2 saqlash texnologiyasi mavjud.

Asosiy e’tibor — avtonomiya. Note 15 LTE 6000 mA·soat sig‘imli batareya (33 Vt zaryadlash) oldi. Note 15 Pro LTE esa 6500 mA·soatlik kremniy-karbon akkumulyator va 45 Vt tez zaryadni taklif qiladi.

Kameralar ham farqlanadi: Note 15 LTE 108 MP modul bilan, Pro modeli esa 200 MP kamera, 4x optik zoom bilan jihozlangan. Old kameralar mos ravishda 20 MP va 32 MP. Smartfonlar Android 15 asosidagi HyperOS 2’da ishlaydi va Gemini SI funksiyalarini qo‘llab-quvvatlaydi.

Polshada narxlar quyidagicha belgilangan:

  • Note 15 LTE (8/256 GB) — tahminan $303;
  • Note 15 Pro LTE — $413.

Sotuvlar 18-dekabrdan boshlanadi. Ranglar: qora, ko‘k, binafsha (faqat Note 15) va titan (faqat Pro).

Redmi Note 15 Pro+ 5G

Redmi shuningdek Note 15 5G, Note 15 Pro 5G va Note 15 Pro+ 5G modellarini ham chiqarib, yangi 5G-seriyani to‘liq taqdim etdi. Har uchala qurilma 120 Gts AMOLED displeyga va ekrandagi barmoq izi skaneriga ega.

Note 15 5G Snapdragon 6 Gen 3, Pro — Dimensity 7400 Ultra, Pro+ — Snapdragon 7s Gen 4 chipsetida ishlaydi. Batareya sig‘imi 5520–6580 mA·soat oralig‘ida, Pro+ esa 100 Vt tez zaryad bilan e’tibor tortadi.

Polshada boshlang‘ich narxlar:

  • Note 15 5G — $330;
  • Note 15 Pro 5G — $468;
  • Note 15 Pro+ 5G — $550–$633.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Xiaomi eski flagmanlar uchun HyperOS 3’ning yakuniy versiyasini chiqara boshlagani haqida yozgandi.

Shuningdek