YTTB «Hamkorbank»ka $70 mln kredit ajratadi

eʼlon qilindi
YTTB O‘zbekistonda 193 ta loyihaga jami $6,5 mlrd sarmoya kiritgan
YTTB
Foto: YTTB

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB) «Hamkorbank»ka $70 mln kredit ajratadi. Bu haqda bank saytida ma’lum qilindi.

O‘zbekistonda kichik va o‘rta biznes mamlakat iqtisodiyotining yarmiga yaqinini shakllantiradi va aholining 80 foizi aynan shu sektorda band. YTTB O‘zbekistonda 193 ta loyihaga jami $6,5 mlrd sarmoya kiritgan.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil noyabr boshida faoliyat yuritayotgan kichik korxonalar va mikrofirma­lar soni 395,7 mingdan oshgan. Bu o‘tgan yilga nisbatan 1,6 foizga kam.

«Hamkorbank» esa joriy yilning uchinchi choragida O‘zbekiston banklari orasida faoliyat reytingida uchinchi o‘rinni egallagan. Bank moliyaviy xizmatlar mavjudligi va daromadlilik bo‘yicha ham uchlikda qolmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan 2024-yilda YTTB O‘zbekiston loyihalariga 938 million dollar ajratgani haqida yozgan edi.

Shuningdek