13-dekabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi
eʼlon qilindi
13-dekabr soat 20:00 gacha amal qiladi

13-dekabr kuni O‘zbekistonning ba’zi hududlarida yomg‘ir yoki qor yog‘ishi, shuningdek, tuman tushishi kutilmoqda. Harorat kechasi +/−2…+9°, kunduzi esa +3…+11° atrofida bo‘ladi. Bu haqda «O‘zgidromet» agentligi ma’lum qildi.
Quyida ob-havo ma’lumoti viloyatlar kesimida:
| Hudud | Harorat | Ob-havo |
|---|---|---|
| Toshkent shahri | Kechasi +5…+7°, kunduzi +9…+11° | Havo o‘zgaruvchan, kechga tomon yomg‘ir yog‘adi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. |
| Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati | Kechasi 0…+5°, kunduzi +3…+8° | Havo o‘zgaruvchan, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. |
| Buxoro va Navoiy viloyatlari | Kechasi +0…+5°, kunduzi +5…+10° | Havo o‘zgaruvchan, kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Tuman tushishi mumkin. |
| Toshkent, Sirdaryo, Samarqand, Jizzax viloyatlari | Kechasi +2…+7°, kunduzi +6…+11° | Havo o‘zgaruvchan, kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Tuman tushishi mumkin. |
| Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari | Kechasi +4…+9°, kunduzi +6…+11° | Havo o‘zgaruvchan, kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Tuman tushishi mumkin. |
| Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari | Kechasi +1…+6°, kunduzi +6…+11° | Havo o‘zgaruvchan, kechga tomon ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Tuman tushishi mumkin. |
| Respublikaning tog‘li hududlari | Kechasi -2…+3°, kunduzi +3…+8° | Havo o‘zgaruvchan, yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Toshkent, Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor. |