15-dekabr uchun valyutalar kursi e’lon qilindi

15-dekabr uchun valyuta kurslari e’lon qilindi. Shu kun uchun AQSh valyutasi 12 097,93 so‘m (+50,48 so‘m) etib belgilandi. Bu haqda Markaziy bank xabar bermoqda.
Dollarning so‘nggi kunlardagi o‘zgarishi
1-dekabr kuni valyuta kursi 11 940,95 so‘m etib belgilandi va oldingi kunga nisbatan 38,65 so‘mga oshdi.
2-dekabrda vaziyat o‘zgardi. Dollar 11 895,57 so‘mga tushib, kunlik hisobda 45,38 so‘m pasaydi. 3-dekabr kuni kurs pasayishda davom etdi va 11 880,93 so‘mni tashkil etdi. Bu kunda dollar yana 14,64 so‘mga arzonlashdi.
4-dekabrda bozor yo‘nalishini o‘zgartirdi. AQSh valyutasi yana mustahkamlanib, 11 912,38 so‘mga chiqdi. Kunlik o‘sish 31,45 so‘m bo‘ldi. 5-dekabr kuni esa haftadagi eng katta ko‘tarilish qayd etildi. Dollar 50,85 so‘mga oshib, 11 963,23 so‘m darajasiga yetdi. 9-dekabr kuni dollar 11 990,09 so‘m (+26,86 so‘m), 10-dekabrda esa 12 003,18 so‘m (+13,09 so‘m) edi. 11-dekabr uchun AQSh valyutasi 12 020,90 so‘m (+17,72 so‘m), 12-dekabr uchun esa 12 047,45 so‘m (+26,55 so‘m) etib belgilandi.
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 95,37 so‘mga oshib, 14 194,50 so‘mni, rubl esa 0,13 so‘mga pasayib, 151,77 so‘mni tashkil qildi.
Avvalroq hafta davomida dollar qanchaga oshgani haqida yozgan edik.