
Samsung smartfonlari ko‘p yillar davomida Android ekotizimining eng yuqori pog‘onasida turib kelmoqda. Kuchli kameralar, barqaror ishlash, sun’iy intellekt imkoniyatlari va uzoq batareya muddati — brendning asosiy afzalliklari hisoblanadi. 2025-yilda kompaniya o‘zining flagman va bukiladigan smartfonlarini yanada takomillashtirib, barcha toifadagi foydalanuvchilar uchun mukammal tanlovlarni taqdim etdi. Quyida Tom’s Guide tahliliga asoslangan holda 2025-yilning eng yaxshi Samsung smartfonlari haqida to‘liq sharhni taqdim etamiz.
Samsung Galaxy S25 Ultra

Samsung Galaxy S25 Ultra kuchli, eng universal va eng aqlli flagmani sifatida yuqori baholandi. Model sun’iy intellektga asoslangan yangi SI agent tizimi bilan ajralib turadi — u qurilma imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytiradi. S25 Ultra kuchli kamera tizimi, yuqori darajadagi zum imkoniyatlari, katta displey, tezkor ishlash va uzoq batareya umri bilan hozircha bozorda tengsiz.
Samsung Galaxy S25

Galaxy S25 smartfoni S25 Ultra’dan budjetga nisbatan qulayroq, ammo funksional jihatdan juda yaqin variantidir. Unda ham xuddi S25 Ultra kabi sun’iy intellektga asoslangan funksiyalar mavjud.
Kamera tizimi yanada tabiiy, aniq ranglarda suratlar taqdim etadi. Ishlash tezligi yuqori bo‘lib, o‘yinlar, multimedia va kundalik foydalanish uchun yetarli imkoniyatlarga ega. O‘rta va premium segment o‘rtasidagi muvozanatni izlayotganlar uchun aynan shu model tavsiya qilinadi.
Samsung Galaxy Z Flip 7

Z Flip 7 bukiladigan telefonlar yo‘nalishida Samsung’ning eng ommabop modeli bo‘lib, 2025-yilda yanada kattalashtirilgan Flex Window tashqi displeyi bilan e’tibor qozondi. Qurilma ixcham dizayni, kameraning rivojlangan funksiyalari va kuchli ishlash samaradorligi bilan ajralib turadi.
Bukiladigan telefonlar ichida narx va sifatning eng yaxshi muvozanatini aynan shu model taklif qiladi.
Samsung Galaxy Z Fold 7

Kompaniyaning 2025-yildagi eng texnologik innovatsion qurilmasi Z Fold 7 hisoblanadi. U ochilgan holatda ham, bukilgan holatda ham o‘z avlodidagi eng yupqa va eng yengil model sifatida baholangan. Katta ichki displey masofadan ishlash, video ko‘rish va ko‘p vazifali rejimlarda samaradorlikni oshiradi.
Z Fold 7 premium segmentga mansub bo‘lib, katta ekranli mobil qurilmaga ehtiyoj sezadigan professional foydalanuvchilarga mos keladi.
Samsung Galaxy S25 Edge

Galaxy S25 Edge 2025-yil dizayn bo‘yicha eng yaxshi Samsung smartfoni deb topildi. Uning ultrayupqa korpusi, egri displeyi va zamonaviy ko‘rinishi dizayn ixlosmandlari uchun ideal. Kamera imkoniyatlari ham yuqori darajada bo‘lib, qurilma umumiy funksionallik bo‘yicha Galaxy S25 ga juda yaqin.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Samsung kompaniyasining ilk telefonlari qanday bo‘lgani haqida yozgan edi.