Yangiliklar

Eng ko‘p qo‘llaniluvchi rеtsеptsiz beriladigan dorilar ro‘yxati e’lon qilindi

Hozircha 1846 turdagi rеtsеptsiz beriladigan dori vositalari davlat reyestridan o‘tkazildi
Eng ko‘p qo‘llaniluvchi rеtsеptsiz beriladigan dorilar ro‘yxati e’lon qilindi / Foto: Accredo

Sog‘liqni saqlash vazirligi davlat reyestridan o‘tgan rеtsеptsiz beriladigan dori vositalari jadvalini taqdim etdi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.

«Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida»gi qonunga muvofiq, bunday dori vositalari tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomalar hamda Tibbiyot amaliyotida qo‘llanilishiga ruxsat etilgan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika davlat reestrida joylashtiriladi. Ushbu ma’lumotlarga rasmiy veb-sayt orqali kirish mumkin.

Bundan tashqari, rеtsеptsiz beriladigan dori vositalari haqida axborot OAV va ixtisoslashtirilgan bosma nashrlarda ham berib boriladi. Hozirga qadar 1846 turdagi rеtsеptsiz beriladigan dori vositalari davlat reyestridan o‘tgan bo‘lib, ushbu jadval orqali tibbiyot amaliyotida eng ko‘p qo‘llanilayotgan dorilar bilan tanishish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda 12-dekabrdan boshlab bir qancha dori vositalari faqat retsept asosida berilishi belgilangan edi.