Ertalabki nonushta: pishloq va ko‘katli pirojkalar

12-dekabr 2025 08:20 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir l.turayeva@kursiv.media
Foto: depositphotos.com

Yengil, xamirturushsiz, juda yumshoq va xushbo‘y pirojkalar — tez tayyorlanadigan, mazali va eng asosiysi zararli bo‘lmagan variant. Ushbu xamir asosida siz istalgan turdagi nachinka bilan pirojka tayyorlashingiz mumkin.

Kursiv Uzbekistan nonushta uchun ham, kun davomida gazak sifatida ham juda qulay bo‘lgan taomni taqdim etadi.

Tayyor taomning taxminiy narxi: 35 000 so‘m
(narx material chop etilgan vaqt uchun amal qiladi)

Masalliqlar

Bo‘limMasalliqlarMiqdori
Xamir uchunTvorog400 g
Tuxum2 dona
Guruch uni160 g
Tuz0,5 choy qoshiq
Zaytun moyi (qovurish uchun)Kerakli miqdorda
Nachinka uchunPishloq120 g
Tuxum (qaynatilgan)2 dona
Shivit1 bog‘
Ko‘k piyoz0,5 bog‘
TuzTa’bga ko‘ra

Tayyorlash jarayoni

1. Nachinka tayyorlash: Qaynatilgan tuxumlar kubik shaklida to‘g‘raladi. Pishloq qirg‘ichdan chiqariladi. Shivit va ko‘k piyoz mayda qilib to‘g‘raladi. Barcha masalliqlar bir idishda tuz bilan aralashtiriladi.

2. Xamir tayyorlash: Alohida idishda tvorog, tuxum va tuz aralashtiriladi. Unga guruch uni qo‘shilib, bir xil konsistensiyaga kelguncha xamir qoriladi. Xamir 8 ta teng bo‘lakka bo‘linadi.

3. Pirojkalarni shakllantirish: Qo‘llarga un sepilib, har bir bo‘lak 9–10 sm diametrda yoyiladi. O‘rtasiga 1 osh qoshiqdan nachinka solinadi va chetlari yopib, pirojka shakli beriladi.

4. Qovurish jarayoni: Tovaga zaytun moyi surtib, qizdiriladi. Pirojkalar qopqoq yopilgan holda har ikki tomonlama 4 daqiqadan qovuriladi.

5. Dasturxonga tortish: Tayyor pirojkalar likopchalarga teriladi va issiq holda xizmat qilinadi.

Yoqimli ishtaha!

Shuningdek