«Ferrari» piloti Sharl Lekler FIA taqdirlash marosimida qatnashish uchun Toshkentga keldi

12-dekabr 2025 13:27 eʼlon qilindi

Sardor Saidov

Sardor Saidov

Muxbir
Sharl Lekler / Foto: MOQ

«Ferrari» jamoasi piloti Sharl Lekler Xalqaro avtomobil federatsiyasi (FIA)ning taqdirlash marosimida ishtirok etish uchun Toshkentga yetib keldi. Bu haqda MOQ xabar berdi.

Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroportda monakolik sportchini Milliy olimpiya qo‘mitasi (MOQ) rahbariyati kutib oldi. Bugun, 12-dekabr kuni Toshkentning «Humo Arena» majmuasida FIA’ning yil yakunlariga bag‘ishlangan tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tadi.

Foto: MOQ

Ushbu tadbir Markaziy Osiyo mintaqasida birinchi marta tashkil etilmoqda. Marosimda dunyoning yetakchi avtomobil sporti jamoalari va vakillari jamlangan. Sharl Lekler «Formula-1» olamining eng mashhur pilotlaridan biri hisoblanadi. Tadbir doirasida poytaxtga boshqa mashhur avtosportchilarning ham kelishi kutilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev FIA rahbarini «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlagani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek