
Huawei’ning yangi Huawei Mate X7 smartfoni endi global bozorda ham sotila boshlandi. Bu haqda GSMArena xabar bermoqda.
Qurilma Xitoyda atigi bir necha hafta oldin taqdim etilgan edi. Xitoyda Mate X7’ning boshlang‘ich narxi $1830 bo‘lsa, Yevropada uning qiymati 2100 yevro etib belgilangan. Bu odatdagidan ancha yaqin narx farqi bo‘lib, ayniqsa Yevropada faqat 16/512 GB xotirali qimmatroq versiya sotilishini inobatga olsak, yanada yaqqol ko‘rinadi.
Smartfonning texnik xususiyatlarida hech qanday farq yo‘q. Mate X7 katta sig‘imli akkumulyatorga ega emas, shu sabab Yevropa bozoriga moslash jarayonida ham hech qanday cheklov qo‘yilmagan.

Mate X7 quyidagi asosiy imkoniyatlarga ega:
- 8 dyuymli ichki bukiladigan displey;
- yangi Kirin 9030 Pro protsessori;
- 5600 mA·soat sig‘imli akkumulyator, 66 Vt tezkor simli va 50 Vt simsiz quvvatlash qo‘llab-quvvatlovi;
- 50, 50 va 40 MP kameralar majmuasi.
Huawei bu model bilan global bozorda premium bukiladigan smartfonlar segmentida kuchli raqobatni davom ettirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Huawei Mate 80 smartfoni Xitoy bozorlarida sotuvga chiqqani haqida yozgan edi.