
Huawei noyabr oyida taqdim etgan noodatiy dizayndagi Huawei X3 Pro routeri endi global bozorga ham chiqarilmoqda. Bu haqda kompaniyaning o‘zi ma’lum qildi.
Ushbu «art-router» Mate X7 bukiladigan smartfoni va kompaniyaning boshqa yangi qurilmalari bilan birga Yevropa, Lotin Amerikasi, Yaqin Sharq, Osiyo-Tinch okeani mintaqasi va Afrikada savdoga chiqadi.
Xitoyda X3 Pro routeri $180 ga taklif qilinadi, diapazon kengaytirgichi esa $110 turadi. Yevropada esa mos ravishda 170 va 100 yevro etib belgilangan — narx deyarli Xitoy bozoriga teng.
Huawei X3 Pro faqat ko‘rinishi bilan emas, balki texnik imkoniyatlari bilan ham ajralib turadi. Qurilma Wi-Fi 7 (Huawei ta’kidlashicha, Wi-Fi 7+) texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi va 3570 Mbit/s gacha tezlikni taqdim eta oladi. Routerning korpusida ikkita 2.5 GbE RJ45 porti mavjud.
Shuningdek, u alohida IoT-kanal, ota-ona nazorati, mehmon Wi-Fi tarmog‘i, WPA3 xavfsizlik standarti, Huawei HomeSec himoyasi va ventilyatorli sovutish tizimiga ega.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Huawei Mate 80 smartfoni Xitoy bozorlarida sotuvga chiqqani haqida yozgan edi.