
Transfermarkt portali yangilangan ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston Superligasi Osiyo qit’asining eng qimmat chempionatlari reytingida 9-o‘rinni egalladi. Chempionatning umumiy bozor qiymati 89,78 mln yevroni tashkil qilmoqda.
Ro‘yxatning mutlaq yetakchisi 1,14 mlrd yevro qiymat bilan Saudiya Arabistoni Pro ligasi bo‘lib turibdi. Kuchli uchlikdan Qatar va BAA chempionatlari ham o‘rin olgan.

Ichki chempionatdagi eng qimmat tarkibga ega klub Toshkentning «Paxtakor» jamoasi bo‘lib, uning qiymati 12,83 mln yevroga teng. Keyingi o‘rinlarda «Nasaf» (9,93 mln) va «Neftchi» (8,60 mln) bormoqda. Liga bahosiga ko‘ra eng qimmat futbolchi sifatida Abduvohid Ne’matov (1,5 mln yevro) qayd etilgan. Superligada xorijlik futbolchilar ulushi 16,2 foizni tashkil etadi
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Transfermarkt Superliga futbolchilari narxini yangilagani haqida xabar bergan edi.