Xiaomi ChatGPT’ga raqabotdosh bo‘ladigan yangi sun’iy intellektni taqdim etadi

12-dekabr 2025 09:35 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir l.turayeva@kursiv.media
Foto: Xiaomi

Xitoyning Xiaomi kompaniyasi sun’iy intellektga asoslangan yangi yordamchisi — Mi Chat’ni yaratdi. Bu haqda ITHome nashri xabar berdi.

Unga ko‘ra, yangi tizim Xiaomi qurilmalari va ekotizimida ishlashi uchun mo‘ljallangan bo‘lib, u kompaniyaning o‘zida ishlab chiqilgan MiMo-7B-RL katta til modeli asosida ishlaydi. Ushbu model yil boshida taqdim etilgandi.

Shuningdek, Mi Chat hatto «ChatGPT qotili» deb ham atalmoqda. Sababi 7 milliard parametrga ega bo‘lishiga qaramay, MiMo-7B-RL bir nechta muhim testlarda raqiblarini ortda qoldirgan. Xususan, u OpenAI’ning o1-mini modeli va Alibaba’ning Qwen QwQ-32B-Preview tizimidan yuqori natijalar ko‘rsatgan.

Xiaomi is reportedly developing a new AI assistant called Mi Chat

Xiaomi prezidenti Lu Veybin avvalroq kompaniya bir necha chorak davomida sun’iy intellektga yirik sarmoya kiritayotganini bildirgan. Uning aytishicha, Xiaomi’ning yaqin maqsadi neyrotexnologiyalarni jismoniy muhit bilan keng integratsiya qilishdan iborat.

Mi Chat ilk bor 17-dekabr kuni Pekinda o‘tadigan Xiaomi 2025 Human Car Home Ecosystem Partner Conference tadbirida namoyish etiladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Xiaomi eski flagmanlar uchun HyperOS 3’ning yakuniy versiyasini chiqara boshlagani haqida yozgandi.

Shuningdek