Krishtianu Ronaldu “Forsaj” filmida rol ijro etishi mumkin

13-dekabr 2025 16:44 eʼlon qilindi

Mirjalol Norqobilov

Mirjalol Norqobilov

Yangiliklar muharriri m.norqobilov@kursiv.media
Ronaldu
Foto: Liga Portugal

Amerikalik aktyor va prodyuser Vin Dizel Krishtianu Ronaldu «Forsaj» film franshizasida rol ijro etishini maʼlum qildi. Bu haqda aktyor oʻz Instagram sahifasida xabar berdi.

Dizel portugaliyalik futbolchi bilan tushgan suratini eʼlon qilib, Ronaldu uchun franshizada maxsus rol yozilganini taʼkidladi.

«Hamma undan ʼForsajʼ filmida rol oʻynashini soʻragan edi. Aytishim kerakki, u juda zoʻr. Biz unga alohida rol yozib berdik», — deb yozdi Dizel.

Foto: Instagram

Maʼlumot uchun, Vin Dizel avvalroq franshizaning 11-qismi yakuniy boʻlishini maʼlum qilgan edi. Uning soʻzlariga koʻra, «Forsaj 11» filmining premerasi 2027-yil aprel oyiga rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun, Ronaldu besh karra «Oltin toʻp» sohibi, Chempionlar Ligasining besh karra gʻolibi va Yevropa chempioni hisoblanadi. Shuningdek, rasmiy uchrashuvlarda eng koʻp gol urgan futbolchi sifatida tarixga kirgan. Ronaldu 2023-yil yanvar oyidan buyon Saudiya Arabistonining «Al-Nasr» klubi safida toʻp surmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Krishtianu Ronaldu ispan MMA kompaniyasidan ulush xarid qilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek