Qanday dorilarni retseptsiz sotib olish mumkin

eʼlon qilindi
SSV 1846 nomdagi ro‘yxatni e’lon qildi
Fptp: Depositphotos

Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi dorixonalarda shifokor retseptisiz sotilishi mumkin boʻlgan 1846 ta dori vositasi roʻyxatini eʼlon qildi. Endi fuqarolar qaysi dorilar erkin sotuvda mavjudligini mustaqil ravishda tekshirish imkoniga ega.

Vazirlik maʼlumotiga koʻra, roʻyxatga kundalik davolashda keng qoʻllaniladigan dorilar kiritilgan. Ular orasida ogʻriq qoldiruvchi va isitma tushiruvchi vositalar, shamollashga qarshi preparatlar, yoʻtal va tomoq uchun dorilar, allergiyaga qarshi dori vositalari, antiseptiklar hamda vitaminlar bor.

Ogʻriq qoldiruvchi va isitma tushiruvchi

  • Paratsetamol
  • Ibuprofen
  • Analgin
  • Sitramon

Shamollash, ORVI, gripp

  • Gripp va shamollashda teraflyu (kukun)
  • Paratsetamol
  • Askorbin kislotasi

Yoʻtal va tomoq og‘rig‘i

  • Ambroksol
  • Furatsilin

Allergiya

  • Suprastin (tabletkalar)
  • Loratadin
  • Setirizin
  • Diazolin

Antiseptiklar va yaralarni davolash

  • Yod
  • Brilliant yashili
  • Vodorod peroksid
  • Furatsilin

Vitaminlar

  • Askorbin kislotasi
  • D vitamini

Mazkur roʻyxat elektron retseptlar tizimi joriy etilishi ortidan yuzaga kelgan muhokamalar fonida eʼlon qilindi. 12-dekabrdan elektron retsept tizimi ishga tushirilganidan soʻng Toshkent shahrida ayrim fuqarolar dorixonalardan dori sotib olishda qiyinchiliklarga duch kelganini bildirgan edi.

Ijtimoiy tarmoqlarda paratsetamol, aspirin, etil spirti va nimesil ham faqat retsept bilan berilishi haqida xabarlar tarqaldi. Shuningdek, poliklinikalarda navbatlar koʻpayishi, tizimdagi texnik nosozliklar va dorixonalarda noqonuniy holatlar yuzaga kelishi mumkinligi haqida xavotirlar bildirildi.

Bunga javoban Sogʻliqni saqlash vazirligi tushuntirish berib, elektron retseptlarning asosiy maqsadi davolash xavfsizligini oshirish, dori tayinlash jarayonini nazorat qilish va dori vositalarining notoʻgʻri yoki noqonuniy aylanishi xavfini kamaytirish ekanini taʼkidladi.

Hozirda elektron retseptlar tizimi Toshkent shahri va 15 ta pilot hududda amal qilmoqda. Tizimni butun mamlakat boʻylab 2026-yil oxirigacha bosqichma-bosqich joriy etish rejalashtirilgan. Shoshilinch holatlarda, bolalar, keksalar va surunkali kasalligi bor bemorlar uchun dori vositalari qoʻshimcha cheklovlarsiz berilishi qayd etildi.

Shuningdek