Yil boshidan beri 75 mingdan ortiq xorijlik davolanish uchun Oʻzbekistonga keldi

eʼlon qilindi
Tibbiy xizmat olish uchun kelganlarning qariyb 70 foizi Tojikiston fuqarolari hissasiga toʻgʻri keladi
Foto: Milliy statistika qoʻmitasi

2025-yilning yanvar – oktabr oylarida 75 ming nafar xorijiy fuqaro davolanish maqsadida Oʻzbekistonga tashrif buyurgan. Bu haqda Milliy statistika qoʻmitasi malum qildi.

Ta’kidlanishicha, tibbiy xizmat olish uchun kelganlarning qariyb 70 foizi Tojikiston fuqarolari hissasiga toʻgʻri keladi. Xususan, hisobot davrida 53 ming nafar Tojikiston fuqarosi davolanish uchun Oʻzbekistonga kelgan.

Keyingi oʻrinlarda Qirgʻiziston (13 ming nafar), Qozogʻiston (6, 9 ming nafar) qayd etilgan. Shuningdek, Rossiyadan 1,7 ming, Afgʻonistondan 533, Turkmanistondan 215 nafar fuqaro Oʻzbekistonda davolangan.

Bundan tashqari, Turkiyadan 43, AQShdan 15, Xitoydan 14, Ozarbayjondan 10 nafar fuqaro tibbiy xizmatlar uchun mamlakatga kelgan. Boshqa davlatlar hissasi jami 65 nafarni tashkil etgan.

Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekistonga kelayotgan xorijiy sayyohlar soni bir yilda 50 foizga oshgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek