
AQShning Braun universitetida otishma sabab talabalar karantinga olindi. CNN xabariga ko‘ra, 9 kishi shifoxonaga yotqizilgan, ikki kishi halok bo‘lgan.
Karantin bir necha soat davom etgan. Bu vaqt ichida kutubxonadagi talabalar kuchli ruhiy bosim ostida bo‘lgan. Huquq-tartibot organlari binodagi barcha xonalarni tekshirgan va doimiy patrul olib borgan. Talabalar politsiya xodimlariga qanday murojaat qilish, ularning shaxsini qanday aniqlash masalasida ham ikkilanib qolganini bildirgan.
Providens shahridagi Rod-Aylend shifoxonasiga o‘qotar qurol bilan bog‘liq jarohatlar olgan 9 nafar bemor yotqizildi. Shifoxona ma’lumotiga ko‘ra, olti nafar bemorning ahvoli og‘ir, ammo barqaror. Yana bir bemor o‘ta og‘ir ahvolda. Ikki nafar bemorning holati barqaror deb baholanmoqda.
Huquq-tartibot organlari gumonlanuvchini qidirishni davom ettirmoqda. Rasmiylar vaziyat bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berilishini ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Shvetsiyadagi ta’lim markazida o‘n kishi otib o‘ldirilgani haqida yozgan edi.