
Huawei kompaniyasi Huawei MatePad 11.5 S 2026 planshetini global bozorga olib chiqdi. Bu haqda kompaniya rasmiy saytida ma’lum qilindi. Yangi modelning bazaviy versiyasi 480 yevroga baholangan. PaperMatte Edition maxsus ekran qoplamali talqini esa 530 yevro turadi.
MatePad 11.5 S 2026 11,5 dyuymli IPS displeyga ega. Ekran o‘lchami 2800 × 1840 pikselni tashkil etadi. Yangilanish chastotasi 144 Hz. Planshet HarmonyOS 4.3 operatsion tizimida ishlaydi.

Qurilma yupqa korpus bilan ajralib turadi. Qalinligi 6,1 mm. O‘lchamlari 177×261 mm. Og‘irligi 515 gramm. Dizayn soddaligi va yengilligi bilan kundalik foydalanishga mos.
Xotira konfiguratsiyalari 12/256 GB va 12/512 GB variantlarda taqdim etilgan. Protsessor modeli rasman ochiqlanmagan. Huawei so‘nggi qurilmalarda o‘zining Kirin platformalariga to‘liq o‘tgani sabab bu holat yangilik emas.
Planshet 13 megapikselli asosiy kamera bilan jihozlangan. Akkumulyator sig‘imi 8800 mA/soat. To‘rt dona dinamik o‘rnatilgan. USB-C 3.0 porti mavjud. Stilus qo‘llab-quvvatlanadi.
Huawei MatePad 11.5 S 2026 kulrang va och yashil ranglarda sotuvga chiqarilgan.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Huawei X3 Pro routeri global bozorga chiqqani haqida yozgan edi.