Namangan va Xitoy ekologiya sohasida $150 mlnlik loyihani tezlashtirmoqda

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Obyekt 2027-yilning birinchi choragida foydalanishga topshiriladi
Foto: The Times of Central Asia

Namangan viloyati va Xitoyning China Everbright Environment kompaniyasi shahar qattiq chiqindilarini qayta ishlash bo‘yicha $150 millionlik investitsiya loyihasini amalga oshirishni tezlashtirishga kelishib oldi. Bu haqda «Namanganskaya pravda» xabar bermoqda.

Tomonlar loyiha qurilishini 14 – 16 oy ichida to‘liq yakunlash va obyektni 2027-yilning birinchi choragida foydalanishga topshirish bo‘yicha kelishuvga erishdi.

Mazkur loyiha hududdagi ekologik vaziyatni sezilarli darajada yaxshilashi, zamonaviy «yashil» texnologiyalarni joriy etishi hamda yangi ish o‘rinlari yaratishi kutilmoqda.

Xizmat safari doirasida Namangan viloyati delegatsiyasining investitsiyalar, sanoat va ekologiya yo‘nalishlarida hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan Xitoyning yetakchi kompaniyalari bilan qator uchrashuvlari ham rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Sirdaryodagi IES uchun Yaponiyadan yangi rotor olib kelingani haqida yozgan edi.

Shuningdek