O‘zbekiston bokschilari IBA Jahon chempionatida qancha mukofot oldi

14-dekabr 2025 13:49 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Foto: Ijtimoiy tarmoq

BAAning Dubay shahrida boks bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi IBA Jahon chempionati yakunlandi. Musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

Milliy terma jamoa hisobiga 2 ta oltin, 4 ta kumush va 3 ta bronza medal yozildi. Shuningdek, yana ikki nafar bokschi chorak finalgacha yetib borib, musobaqani 5-o‘rin bilan yakunladi.

Joriy yilgi IBA Jahon chempionatining umumiy sovrin jamg‘armasi $8,2 mlnni tashkil etdi. Mukofot pullari sportchilar o‘rtasida quyidagicha taqsimlandi.

Oltin medal uchun $300 ming, kumush medal sohiblariga esa $150 mingdan berildi. Bronza medal uchun $75 ming ajratildi. 5-o‘rinni egallagan bokschilar esa $10 mingdan mukofotlandi.

Mazkur natijalarga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi vakillari jami $1 mln 445 ming miqdorida mukofot puliga ega bo‘ldi.

Qayd etilishicha, ushbu mablag‘lar sportchi, murabbiy va milliy federatsiya o‘rtasida taqsimlanadi. Mukofot pulining 50 foizi sportchiga beriladi. 25 foizi murabbiy ulushiga to‘g‘ri keladi. Qolgan 25 foizi esa mamlakat boks federatsiyasiga yo‘naltiriladi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri O‘zbekiston vakillaridan olti nafari raqiblarini mag‘lub etib, oltin medal uchun kurashish imkoniyatini qo‘lga kiritgani haqida yozgan edi.

Shuningdek