Paxta hosilining 50 foizini o‘z hisobidan yetishtirgan fermerlarga 5 foiz subsidiya beriladi

eʼlon qilindi
Qarzdorligi bo‘lmagan fermerlar 2 foizgacha imtiyozli kredit olish imkoniga ega bo‘ladi
Foto: Pinterest

2026-yildan boshlab paxta hosilining 50 foizini o‘z hisobidan yetishtirgan fermerlarga 5 foiz subsidiya beriladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyevning qishloq xo‘jaligi xodimlariga yo‘llangan tabrigida qayd etildi. Qarzdorligi bo‘lmagan fermerlar 2 foizgacha imtiyozli kredit olish imkoniga ega bo‘ladi.

3 mingdan ortiq fermerlar gektaridan 50 – 60 sentner paxta hosili oldi. Shundan qariyb 1,5 ming xo‘jalik 70 sentnerdan yuqori natijaga erishdi. G‘allachilikda esa 3,5 mingdan ortiq xo‘jalik o‘rtacha 100 sentnerdan hosil yig‘di. Eksport salohiyati ham kengaydi. O‘zbekiston meva-sabzavot mahsulotlarini import qilayotgan davlatlar soni 18 taga ko‘payib, 83 taga yetdi.

Global iqlim o‘zgarishi sharoitida aholining sifatli oziq-ovqat bilan ta’minlanishi ustuvor vazifa ekani ta’kidlandi. Sohani rivojlantirish zamonaviy bilimlar, innovatsiyalar va malakali kadrlar tayyorlashga bog‘liqligi qayd etildi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri endi fermerlarga past stavkali kreditlar toifalarga qarab ajratilishi haqida yozgan edi.

Shuningdek