Samsung Galaxy A smartfonlari qimmatlashadi

14-dekabr 2025 15:41 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Foto: Sammobile

Samsung kompaniyasi Samsung Galaxy A seriyasidagi smartfonlar narxini oshirishga tayyorlanmoqda. Bu haqda Sammobile xabar bermoqda. Narxlar avvaliga Hindistonda ko‘tariladi. Keyinchalik boshqa bozorlarda ham narxlar qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.

Hindistonda Galaxy A seriyasining aksariyat modellari narxi 1 ming hind rupiyasiga oshiriladi. Bu taxminan $11 ga teng. O‘zgarish deyarli butun Galaxy A qatoriga ta’sir qiladi.

Alohida ta’kidlanishicha, Galaxy A56 modeli eng ko‘p qimmatlashadi. Ushbu smartfon narxi 2 ming rupiyaga oshishi mumkin. Bu taxminan $22 degani. Narx oshishi katta ko‘rinmasligi mumkin, ammo Galaxy A seriyasida arzon va qimmat modellarning farqi katta. Masalan, Galaxy A06 kabi eng arzon qurilmalar uchun bu o‘zgarish sezilarli bo‘lishi mumkin.

Hozircha Samsung narx oshishini boshqa bozorlarga ham tatbiq etadimi yoki yo‘qmi, noma’lum. Biroq xotira chiplarining global bozorda qimmatlashayotgani fonida bunday ehtimol istisno qilinmayapti.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Samsung Galaxy S25 FE iPhone 17 modeliga qaraganda yaxshiroq displeyga ega ekanligi ma’lum bo‘lgani haqida yozgan edi.

Shuningdek