
Samsung Galaxy S25 FE iPhone 17 modeliga qaraganda yaxshiroq displeyga ega ekani ma’lum bo‘ldi. Bu DxOMark mutaxassislari o‘tkazgan sinovda qayd etildi. Qurilma yangi model bo‘lmasa-da, test natijalari yuqori baholangan.
Sinov yakuniga ko‘ra, Galaxy S25 FE ekrani 156 ball oldi. Smartfon umumiy reytingda 10-o‘rinni egalladi va Pixel 9 bilan bir qatorda joylashdi. Bu natija Galaxy S24 Ultra hamda iPhone 17 ko‘rsatkichlaridan yuqori bo‘ldi.

DxOMark hisobotida aytilishicha, ekran deyarli barcha mezonlar bo‘yicha yuqori baho olgan. Faqat sensorning sezgirligi biroz pastroq baholangan. Premium toifa ichida Galaxy S25 FE ikkinchi o‘rinni egallagan. Bu segmentda u faqat Galaxy S25’dan ortda qolgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri 2025-yilning eng yaxshi Samsung smartfonlari haqida yozgan edi.