Shahar aholisining qariyb beshdan biri ko‘p kvartirali uylarda yashaydi

eʼlon qilindi
Shahar hududlarida uy-joylarning asosiy qismi hanuz alohida uylardan iborat
Shahar aholisining qariyb beshdan biri ko‘p kvartirali uylarda yashaydi / Foto: Unsplash

Milliy statistika qo‘mitasining 2025-yil yanvar – sentabr oylarida o‘tkazilgan uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston shaharlarida yashayotgan uy xo‘jaliklarining 22,1 foizi ko‘p kvartirali uylarda istiqomat qiladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, shahar hududlarida uy-joylarning asosiy qismi hanuz alohida uylardan iborat. Xususan, shahar uy xo‘jaliklarining 77,6 foizi xususiy hovli uylarda yashaydi. Ko‘p kvartirali uylar ulushi esa har beshta uy xo‘jaligidan deyarli bittasiga to‘g‘ri keladi.

Shu bilan birga, shaharlarda boshqa turdagi uy-joylarda yashayotgan uy xo‘jaliklari ulushi juda past bo‘lib, atigi 0,3 foizni tashkil etgan.

Statistik ma’lumotlar shahar aholisi orasida xususiy uy-joylarga talab yuqori ekanini ko‘rsatadi. Biroq ko‘p kvartirali uylarda yashovchilar ulushining barqaror saqlanib qolayotgani shaharsozlik va uy-joy infratuzilmasini rivojlantirish dolzarbligini ham ko‘rsatmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri O‘zbekistonda 2026-yildan mol-mulkni ijaraga berishning minimal stavkalari oshirilishi haqida yozgan edi.

Shuningdek