2025-yilning eng ishonchli 10 ta elektr krossoveri e’lon qilindi

15-dekabr 2025 12:24 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir l.turayeva@kursiv.media
elektromobillar
Foto: CarNewsChina

Consumer Reports platformasi tadqiqotlar va elektromobil egalari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomalar asosida 2025-yilning eng ishonchli elektr krossover va yo‘ltanlamaslar reytingini e’lon qildi. Bu haqda Tarantas News nashri xabar berdi.

Baholashda texnik nosozliklar soni, foydalanish tajribasi, xavfsizlik va boshqa mezonlar inobatga olingan.

Eng ishonchli 10 ta elektr krossover

Nissan Ariya (2023)

Foto: Nissan

Yapon elektromobili 330 – 490 km gacha yetuvchi yurish masofasi va yuqori dinamikasi bilan ajralib turadi. Foydalanuvchilar bu modelni ishonchliligi va muvozanatli texnik ko‘rsatkichlari uchun yuqori baholagan.

Lexus RZ (2025)

Foto: Lexus

Premium segment vakili ilg‘or Steer-by-Wire boshqaruv tizimi bilan e’tibor qozongan. Biroq yurish masofasining cheklangani va zaryadlash tezligining pastligi kamchilik sifatida qayd etilgan.

Hyundai Ioniq 5 (2024)

Foto: Hyundai

Xavfsizlik darajasi va tezkor zaryadlash imkoniyati bilan yuqori baho olgan. Shu bilan birga, Apple CarPlay va Android Auto bilan to‘liq integratsiya yo‘qligi ayrim foydalanuvchilarni norozi qilgan.

Audi Q4 e-tron (2025)

Foto: Audi

Qulaylik va ishonchlilik bo‘yicha kuchli ko‘rsatkichlarga ega. Ammo kuchli zarbalarda kuzov mustahkamligi bo‘yicha muammolar mavjud.

Genesis GV60 (2023)

Foto: Genesis

Premium interyer va qulaylik darajasi bilan ajralib turadi. Ayrim egalari ichki bezak materiallari sifati yetarli emasligini bildirgan.

Mini Countryman (2025)

Foto: Mini

Yorqin dizayn va o‘ziga xos uslubga ega. Shu bilan birga, yurish masofasining qisqaligi va zaryadlash jarayonining sekinligi kundalik foydalanishda noqulaylik tug‘diradi.

Ford Mustang Mach-E (2022)

Foto: Ford

O‘z sinfida eng muvaffaqiyatli modellardan biri sifatida baholangan. Keng yurish masofasi, dizayn va nisbatan maqbul narxi bilan ajralib turadi.

Kia EV9 (2025)

Foto: Marc Urbano|Car and Driver

Keng salon, qulay rejalashtirish va katta yurish zaxirasi bilan e’tiborga molik. Ichki bezak sifati bo‘yicha ayrim e’tirozlar bo‘lsa-da, ishonchlilik darajasi yuqori.

Tesla Model Y (2023)

Foto: Car and Driver

Innovatsiyalar, mustahkam konstruktsiya va yuqori xavfsizlik darajasi bilan doimiy ravishda yetakchilar qatorida. Shu bilan birga, rul mexanizmidagi shovqin va salon materiali sifati tanqid qilinadi.

BMW iX (2024)

Foto: Andrew Trahan|Car and Driver

Yuqori quvvat, tezkor zaryadlash va uzoq masofaga yurish imkoniyati bilan ajralib turadi. Yuqori narx darajasi texnik imkoniyatlar va qulaylik bilan oqlanadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 2025-yil yakuni bo‘yicha eng yaxshi smartfonlar e’lon qilingani haqida yozgandi.

Shuningdek