Akademik litsey va kasbiy ta’lim pedagoglari uchun attestatsiya sanasi va joyi e’lon qilindi

eʼlon qilindi
Testlar testadmin.uzedu.uz platformasi orqali markazlashgan holda 14 ta hududda o‘tkaziladi
Pedagoglar attestatsiyasi uchun sinov topshiriqlari spetsifikatsiyasi tasdiqlandi
Akademik litsey va kasbiy ta’lim pedagoglari uchun attestatsiya sanasi va joyi e’lon qilindi / Foto: Pixabay

Akademik litsey va kasbiy ta’lim muassasalari pedagoglari uchun attestatsiya 16-dekabr kuni test sinovlari ko‘rinishida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.

Unga ko‘ra, testlar testadmin.uzedu.uz platformasi orqali markazlashgan holda 14 ta hududda joylashgan maxsus binolarda real vaqt rejimida o‘tkaziladi.

Test sinovlari uch smenada tashkil etiladi. Birinchi smena soat 09:00 da, ikkinchi smena soat 11:30 da, uchinchi smena esa soat 14:00 da boshlanadi. Pedagoglardan belgilangan vaqtdan kamida 30 daqiqa oldin test o‘tkaziladigan manzilga yetib kelish so‘raladi.

Shuningdek, sinovda ishtirok etish uchun pedagoglar pasport yoki ID-karta hamda pedagog.edu.uz platformasi orqali yuklab olingan pedagog ruxsatnomasini o‘zlari bilan olib kelishi lozim.

Test o‘tkaziladigan binolar joylashuvi (hududlar ustiga bosish orqali xaritani ko‘rish mumkin)

Avvalroq Namangandagi attestatsiya imtihonlarida noqonuniy «bunker» fosh etilgandi. Davlat xavfsizligi xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti o‘tkazgan tezkor tadbirda «bunker» sifatida foydalanilgan xonadonda 12 nafar o‘qituvchi test savollarini yechishga jalb qilingan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari davom etmoqda. Shu narsa ham ma’lum bo‘ldiki, ushbu «bunker»ni boshqargan shaxslar avval ham xuddi shunday jinoyat uchun javobgarlikka tortilgan.

Shuningdek