Andijonda Tracker haydovchisi velosipedchini urib yubordi
eʼlon qilindi
Hodisa oqibatida 9 yoshli bola jiddiy jarohat olmagan

14-dekabr kuni soat 18:10 larda Andijon shahrining Furqat ko‘chasida Tracker avtomobili va velosiped ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda Andijon viloyati YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.
1990-yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvidagi transport vositasi tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan 2016-yilda tug‘ilgan velosipedchini urib yubordi. Baxtsiz hodisa oqibatida bola tan jarohati olmagan.
Jabrlanuvchi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon filialida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgach, yashash xonadoniga ruxsat berilgan. Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Bo‘stonliqda YTH oqibatida mototsikl haydovchisi halok bo‘lgani haqida xabar bergan edi.