Braun universitetidagi otishma oqibatida o‘zbekistonlik talaba halok bo‘ldi

eʼlon qilindi
U universitetning birinchi bosqichida tahsil olayotgan bo‘lgan
Braun universitetidagi otishma oqibatida o‘zbekistonlik talaba halok bo‘ldi / Foto: Ijtimoiy tarmoq

AQShning Rod-Aylend shtatidagi Braun universiteti kampusida sodir etilgan otishma oqibatida halok bo‘lgan ikki talabadan biri o‘zbekistonlik MuhammadAziz Umurzoqov ekani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

Unga ko‘ra, MuhammadAziz Braun universitetida bakalavrning birinchi kursida neyroxirurgiya yo‘nalishini o‘rganayotgan bo‘lgan. O‘zbekiston Respublikasining AQShdagi vakolatxonalari marhumning oila a’zolari bilan doimiy aloqada bo‘lib, AQShning tegishli idoralari bilan hamkorlikda barcha masalalarni hal qilish bo‘yicha ish olib borayotganini bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq universitetda otishma sabab talabalar karantinga olingani va to‘qqiz kishi shifoxonaga yotqizilgani haqida xabar bergan edik.

Shuningdek