Chevrolet Malibu 2026-yildan ishlab chiqarilmaydi

15-dekabr 2025 14:41 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Foto: Kursiv Uzbekistan

AQSh bozori uchun Chevrolet Malibu keyingi yildan ishlab chiqarilmaydi. Bu haqda SlashGear ma’lum qildi. 2026-yilga kelib ommabop sedanlar qatori yana qisqaradi.

Ushbu sedan oxirgi yillarda faqat bitta komplektatsiyada taklif etilgan edi. Avtomobil 1,5 litrli turbo dvigatel, variator uzatma va old g‘ildirakdan tortish tizimi bilan jihozlangan. General Motors ma’lumotiga ko‘ra, Malibu 1964-yildan buyon 10 mln donadan ortiq sotilgan. Bu model Chevrolet’ning so‘nggi ishlab chiqarilgan sedani edi. Endi kompaniya sedan segmentini to‘liq tark etmoqda.

Foto: Chevrolet

Subaru Legacy ham ishlab chiqarishdan chiqarildi. So‘nggi avtomobil 2025-yil 12-sentabr kuni AQShdagi zavoddan chiqdi. Yakuniy nusxa Magnetite Gray rangidagi Limited versiya bo‘lgan. Subaru Legacy AQSh bozori uchun yaratilgan va 1989-yilda kompaniyaning AQShdagi zavodida ishlab chiqarilgan ilk modeli hisoblanadi. Shu vaqt ichida mamlakatda qariyb 1,4 mln dona Legacy sotilgan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Chevrolet Malibu avtomobilining tarixi haqida yozgan edi.

Shuningdek