Fond bozori: «Garant bank» aksiyalari katta o‘sishni qayd etdi

eʼlon qilindi
5-dekabrdan 12-dekabrgacha bo‘lgan davrda
Fond bozori: «Hamkorbank» aksiyalari yana qimmatlashdi
Fond bozori: «Garant bank» aksiyalari yuqori o‘sishni qayd etdi / Foto: The WallStreet School

«Toshkent» respublika fond birjasi (RFB)dan joy olgan yuqori likvidli aksiyalarning aksariyati 5-dekabrdan 12-dekabrgacha bo‘lgan davrda ijobiy dinamikani ko‘rsatib, UCI fond indeksi 2,31 foizga oshdi.

Ushbu davr mobaynida «Garant bank» aksiyalari eng katta o‘sishga erishib, 20,08 foizga qimmatlashdi. Shuningdek, «Trastbank» (+12,57%) va «O‘zRTXB» (+5,42%) aksiyalarida ham o‘sish qayd etildi.

O‘z navbatida, «O‘zbektelekom» aksiyalari 12,97 foizga arzonlashib, haftaning eng katta pasayishini qayd etdi. Bundan tashqari,«Biznesni rivojlantirish banki» (-10,23%) va «Hamkorbank» (-4,21%) aksiyalari ham pasayish bilan ajralib turdi. Faqatgina «Aloqabank» va «Dori-Darmon» aksiyalari narxida o‘zgarish kuzatilmadi.

Ushbu davrda bitimlar soni bo‘yicha «O‘zRTXB» (557 ta bitim), «Hamkorbank» (436 ta) va «O‘zmetkombinat» (362 ta) peshqadam bo‘ldi.

Aksiyalar bozorida ushbu haftada hajm bo‘yicha esa «Hamkorbank» (785,71 mln so‘m) yetakchilik qildi. «O‘zRTXB» (391,54 mln so‘m) va «O‘zsanoatqurilishbank» (156,20 mln so‘m) aksiyalari yuqori uchlikdan joy oldi.

Yuqori likvidli aksiyalardan 16 tasi haftani ijobiy, ikkitasi o‘zgarishsiz, 11 tasi salbiy natija bilan yakunladi. Birjaviy savdolarning asosiy maydonchadagi umumiy hajmi 93,77 mlrd so‘m bo‘ldi.

Bundan oldingi haftada «Toshkent» respublika fond birjasi (RFB)da UCI fond indeksi 3,31 foizga tushgani haqida xabar berilgandi.

Ushbu davr mobaynida «Hamkorbank» aksiyalari eng katta o‘sishga erishib, 12,56 foizga qimmatlashdi. Shuningdek, «O‘zRTXB» (+8,80%) va «Trastbank» (+6,47%) aksiyalarida ham o‘sish qayd etildi.

Shuningdek