iQOO 15 Ultra taqdimoti kechiktirilishi mumkin

15-dekabr 2025 09:46 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
iQOO 15 Ultra taqdimoti kechiktirilishi mumkin
Foto: RBK

iQOO 15 Ultra smartfoni taqdimoti kechiktirilishi mumkin. Bu haqda Gizmochina xabar bermoqda. Qurilmaning chiqarilish muddati o‘zgargan va hozircha aniq sana ma’lum emas.

Eslatib o‘tamiz, iQOO 15’ning oddiy versiyasi 20-oktabr kuni rasman taqdim etilgan edi. Ushbu model Snapdragon 8 Elite Gen 5 protsessori bilan jihozlangan. Smartfonda Q3 o‘yin chipi, 3 karra optik zumga ega telefoto kamera va yangilangan kamera bloki mavjud. Akkumulyator sig‘imi 7 000 mA·soatni tashkil etadi.

Qurilmaning old panelida Samsung kompaniyasining 2K aniqlikdagi M14 OLED displeyi o‘rnatilgan. Ekran yuqori yorqinlik rejimida 2 600 nit, maksimal darajada esa 6 000 nitgacha yetadi. Sovitish tizimi sifatida iQOO tarixidagi eng yirik 8K bug‘ kamerasi qo‘llanilgan.

iQOO 15 Ultra esa nomidan kelib chiqib, yanada kuchli texnik xususiyatlarga ega bo‘lishi kutilmoqda. Asosiy urg‘u kamera imkoniyatlari yanada rivojlangan bo‘lishiga qaratilishi mumkin. Shunga qaramay, kompaniya ushbu model bo‘yicha hozircha rasmiy ma’lumot bermagan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, iQOO 15 Ultra loyihasi noaniq bosqichda qolmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan iQOO 15 global versiyasi 820 dollar narx bilan sotuvga chiqqani haqida yozgan edi.

Shuningdek