Kechga nima ovqat: uy sharoitida Izmir köfte qanday tayyorlanadi

15-dekabr 2025 17:27 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir l.turayeva@kursiv.media
Foto: depositphotos.com

Izmir köfte (qiyma) — Turkiyaning g‘arbida joylashgan Izmir shahriga xos an’anaviy taom bo‘lib, go‘shtli köftelar va kartoshka pomidorli sousda pechda dimlab pishiriladi. Taom oddiyligi, to‘yimliligi va boy ta’mi bilan turk xonadonlarida ham, restoranlarida ham mashhur.

Kursiv Uzbekistan Izmir köfte taomini uy sharoitida qanday tayyorlanishini o‘rgatadi.

Masalliqlar

GuruhMasalliqlarMiqdor / Izoh
KöfteMol go‘shti 500–600 g
Tuxum1 dona
Piyoz 1 o‘rtacha dona
Non uvog‘i / maydalangan non2–3 bo‘lak yoki 3 osh qoshiq
Petrushka (mayda)2 osh qoshiq
Ziravorlar: qora murch, paprika, tuzTa’bga ko‘ra
SabzavotKartoshka3–4 ta o‘rta, qalin doira shaklida kesilgan
Pomidor2–3 ta, tilimlangan
Yashil qalampir (turk qalampiri)1–2 ta, uzun bo‘laklarda kesilgan
SousPomidor pyuresi200–250 ml
Pomidor pastasi1 osh qoshiq
Sarimsoq2–3 dona, mayda to‘g‘ralgan
Zaytun yog‘i2–3 osh qoshiq
TuzTa’bga ko‘ra
Issiq suv100–150 ml, sousni suyultirish uchun

Tayyorlash usuli

1.Piyozni pyure qilib, non uvog‘i va ziravorlar bilan aralashtiring.

2. Go‘sht, tuxum va petrushka qo‘shib, bir xil massa hosil bo‘lguncha qoring.

3. Massadan cho‘zinchoq köftelar yasang.

4. Kartoshkani tozalab, qalin doira shaklida kesing va quriting.

5. Kartoshkalarni yog‘da yarim pishguncha qovuring.

6. Shu yog‘da köftelarni barcha tomoni qizarguncha qovuring.

7. Alohida idishda pomidor pastasi, pomidor pyuresi va sarimsoqdan sous tayyorlang.

8. Sousga issiq suv qo‘shib, 5–10 daqiqa past olovda qaynatib oling.

9. Pech idishiga kartoshka va köftelarni joylab, ustidan sous quying.

10. Pomidor va qalampir bilan bezab, 200°C da 25–30 daqiqa pishiring.

İZMİR KÖFTE TARİFİ | NASIL YAPILIR?

Qanday tortiladi

Izmir köfte odatda guruch yoki bulg‘ur palovi, yangi non va yengil salatlar bilan dasturxonga tortiladi.

E’tiborlisi, bu taom muzlatkichda saqlash va muzlatish uchun ham juda qulay. Ertasi kuni esa yanada mazaliroq bo‘lib ketadi.

Yoqimli ishtaha!

Shuningdek