Kino va seriallar

Kinotavsiya: «Ustasi faranglar 3» nima haqida

Mashhur sehr va firibgarlik mavzusidagi franshizaning uchinchi qismi
Kinotavsiya: «Ustasi faranglar 3» nima haqida
Kinotavsiya: «Ustasi faranglar 3» nima haqida / Foto: soyuz

«Ustasi faranglar 3» («Now You See Me: Now You Don’t») mashhur sehr va firibgarlik mavzusidagi franshizaning uchinchi qismi bo‘lib, 2025-yil noyabr oyida taqdim etilgan.

Syujet yana mashhur illyuzionistlar guruhi atrofida rivojlanadi. Ular tomoshabinlarni hayratga soladigan sahna chiqishlari ortida yirik moliyaviy sxemalar, xavfli sirlar va aqlni shoshiradigan rejalarga qo‘l uradi. Bu galgi voqealar yanada murakkab bo‘lib, sehr, texnologiya va psixologik o‘yinlar bir-biriga qorishadi. Qahramonlar nafaqat tashqi dushmanlarga, balki o‘zaro ishonch sinoviga ham duch keladi.

Now You See Me: Now You Don’t (2025) Official Trailer

Film rejissyori Ruben Flyaysher. Asosiy rollarda avvalgi qismlardan tanish aktyorlar Jessi Ayzenberg, Vudi Xarrelson, Ayla Fisher, Deyv Franko va Morgan Frimen yana sahnaga qaytadi.

«Ustasi faranglar 3» tomoshabinga nafaqat fokus va aldovlarni, balki aql, strategiya va jamoaviy o‘yinning qanchalik muhim ekanini ko‘rsatadi.

Avvalroq Disney’ning «Hayvonlar shahri 2» («Zootopia 2») multfilmi namoyish boshlanganiga atigi 17 kun bo‘lishiga qaramay, $1 milliardlik daromad chegarasidan oshgani xabar qilingandi. Hozircha u 2025-yilda bunday natijaga erishgan ikkinchi film, bundan avvalgi rekord «Lilo & Stitch»ga tegishli. «Hayvonlar shahri 2» AQShda $259,6 million, xorijda esa $877,8 million ishlab topib, umumiy daromadini $1,08 milliardga yetkazdi.