Oila uchun mo‘ljallangan Ford Explorer 2026 yangi dizaynda paydo bo‘ldi

15-dekabr 2025 14:54 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir l.turayeva@kursiv.media
Foto: Car and Driver

Ijtimoiy tarmoqlarda Ford Explorer 2026 modelining noodatiy dizayndagi renderlari paydo bo‘ldi. Bu haqda Tarantas News nashri xabar berdi.

Mustang sportkari uslubidan ilhomlangan ushbu kontseptsiya katta qiziqish uyg‘otgan bo‘lsa-da, kompaniya uni seriyali ishlab chiqarishni rejalashtirmayapti.

2019-yildan beri ishlab chiqarilayotgan oltinchi avlod Ford Explorer hanuz dolzarbligini saqlab kelmoqda. Model allaqachon restylingdan o‘tgan, Xitoy bozori uchun esa yaqinda tor chiroqlar va yoritilgan old panel bilan yangilangan tashqi ko‘rinish taqdim etilgan. Shunga qaramay, dizayner Kelsonik tomonidan yaratilgan yangi render bundan ancha keskin va provokatsion ko‘rinishga ega.

Tasvirlarda Explorer old panjarasi, qo‘shimcha chiroqlari, yirik kapoti va sport uslubidagi spoyleri bilan Mustang’ga xos qiyofa kasb etgan. Keng havo kirish kanallari, ikki rangli kuzov va qora dizayn elementlari avtomobilni an’anaviy oilaviy krossoverdan ko‘ra muscle SUV’ga yaqinlashtiradi. Katta qora disklar, qizil tormoz supportlari va pasaytirilgan vizual profil sport xarakterini yanada kuchaytiradi.

The 2026 Ford Explorer Tremor is a BETTER midsize SUV than the Honda Pilot Passport

Garchi render Xitoy bozori uchun mo‘ljallangan Explorer asosida yaratilgan bo‘lsa-da, dizayn global model uchun ham mos tushishi mumkinligi ta’kidlanmoqda. Biroq texnik jihatdan Ford bunday keskin o‘zgarishga borishi ehtimoldan yiroq. Kutilishicha, 2026-yilgi Explorer Xitoyda 2,3 litrli turbomotor, taxminan 286 ot kuchi va 10 pog‘onali avtomat uzatma bilan taqdim etiladi. AQSh bozorida esa model qatori allaqachon Active’dan ST’gacha bo‘lgan versiyalarni qamrab olgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Chevrolet’ning 90-yillar afsonasi rekord narxda sotilgani haqida yozgandi.

Shuningdek