
Oppo kompaniyasi Oppo Find X9 Ultra smartfoni tayyorlanayotganini deyarli rasman tasdiqladi. Bu haqda Gizmochina nashri xabar bermoqda.
Liniya rahbari Chjou Ibao ijtimoiy tarmoqdagi savolga qisqa va aniq javob berdi. U qurilmani «mislsiz kuchli» deb ta’riflagan.
Manbalarga ko‘ra, Oppo Find X9 Ultra kamera tizimi keskin kuchaytiriladi. Asosiy kamera 200 Mp bo‘lib, sensori taxminan 1/1,12 dyuymni tashkil etadi. Shuningdek, 50 Mp ultra keng burchakli kamera, 200 va 50 Mp sensorlarga ega ikkita periskop kamera hamda multispektral sensor bo‘lishi kutilmoqda.
Oldinroq tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, smartfon 6,8 dyuymli tekis OLED ekran bilan jihozlanadi. Displey 2K aniqlikka ega bo‘ladi. Qurilmaning yuragi sifatida Qualcomm Snapdragon 8 Elite Gen 5 protsessori ishlatiladi.
Akkumulyator sig‘imi 7 000 mA/soatni tashkil etadi. Bu Oppo‘ning flagman modeli uchun eng katta ko‘rsatkichlardan biri bo‘lishi mumkin. Oppo Find X9 Ultra qachon taqdim etilishi hozircha rasman e’lon qilinmagan.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Oppo Reno 15c haqida yozgan edi.