Oppo Reno 15c rasman taqdim etildi

15-dekabr 2025 15:08 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Foto: Oppo

Oppo kompaniyasi Xitoyda Oppo Reno 15c smartfonini rasman namoyish qildi. Yangi model katta sig‘imli batareya va kuchli kamera imkoniyatlari bilan ajralib turadi.

Oppo Reno 15c 6,59 dyuymli tekis AMOLED ekran bilan jihozlangan. Displey aniqligi 2760×1256 pikselni tashkil etadi. Yangilanish chastotasi 120 Hz. Ekranostida optik barmoq izi skaneri joylashgan. Smartfon qalinligi 7,89 mm, vazni 197 gramm.

Asosiy kamera tizimi to‘rtta 50 Mp sensordan iborat. Bosh kamera Sony LYT-600 sensoriga ega. Periskop kamera Samsung JN5 sensori bilan optik zumni qo‘llab-quvvatlaydi. Keng burchakli modul Sony IMX355 sensoridan foydalanadi. Old kamera ham 50 Mp aniqlikka ega.

Batareya sig‘imi 6 500 mA/soatni tashkil etadi. Tezkor quvvatlash quvvati 80 Vt. Smartfon Snapdragon 7 Gen 4 protsessori asosida ishlaydi. Operatsion tizim ColorOS 16 bo‘lib, Android 16 ga asoslangan.

Qurilmada Wi-Fi 6, Bluetooth 5.4, NFC, infraqizil port va stereo dinamiklar mavjud. Chang va suvdan himoya darajasi IP69 standartiga mos.

Oppo Reno 15c Xitoyda oldindan buyurtma uchun ochilgan. Ochiq savdolar 19-dekabr kuni boshlanadi. 12/256 GB xotirali versiya $410, 12/512 GB variant esa $450 narxda taklif etiladi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Oppo Find X9 Ultra qanday imkoniyatlar bilan chiqishi haqida yozgan edi.

Shuningdek