O‘sh shahrida Alisher Navoiy haykali ochildi, Markaziy bank raisi AFI direktorlar kengashi rais o‘rinbosari etib saylandi — 15-dekabrning muhim hodisalari

eʼlon qilindi
Jahon banki O‘zbekiston infratuzilmasini yaxshilash uchun 250 mln dollar ajratadi
Foto: Depositphotos

O‘sh shahrida Alisher Navoiy haykali ochildi, Markaziy bank raisi AFI direktorlar kengashi rais o‘rinbosari etib saylandi — 15-dekabrning muhim hodisalari «Kursiv» dayjestida.

Xivada rekord: 9 tonna xorazmcha palov tayyorlandi — fotoreportaj

Xivada rekord: 9 tonna xorazmcha palov tayyorlandi — fotoreportaj
Foto: Turizm qo‘mitasi

Joriy yil 14-dekabr kuni «Arda Xiva» turistik majmuasidagi «Xorazm palovi» xalqaro festivalida to‘qqiz tonnalik osh tayyorlandi. Bu haqda Turizm qo‘mitasi xabar berdi.

«KazTransOil» O‘zbekistonga neft tranzitini tikladi

Foto: BM.GE

Qozog‘istonning «KazTransOil» kompaniyasi 2025-yilning dekabr oyida O‘zbekiston yo‘nalishida neft tranzitini qayta tikladi hamda Qirg‘iziston Respublikasiga tashuv hajmini oshirdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda.

Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonga neft tranziti shu oyning o‘zida 35 ming tonnagacha bo‘lgan hajmda amalga oshiriladi. Qirg‘izistonga neft yetkazib berish esa joriy yilning noyabr oyida qayta tiklangan bo‘lib, bungacha mazkur yo‘nalishdagi tashuvlar 2017-yilda amalga oshirilgan edi.

Qog‘oz retseptlar vaqtincha saqlanib qoladi — elektron retsept bo‘yicha SSV buyrug‘i qabul qilindi

Foto: Ijtimoiy tarmoq

«Elektron retsept» tizimini joriy etishning keyingi bosqichma-bosqich tartibini belgilash maqsadida Sog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyrug‘i qabul qilindi.

Unga ko‘ra, «elektron retsept» tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi, antibiotiklar, antibakterial va gormonal dori vositalari uchun elektron retsept majburiy bo‘ladi. Tizim to‘liq ishga tushgunga qadar va favqulodda holatlarda qog‘oz retseptlardan foydalanish imkoniyati ham saqlanib qoladi.

Qoraqalpog‘istonda ikki nafar maktab o‘quvchisi is gazidan vafot etdi

Qoraqalpog‘istonda ikkita maktab o‘quvchisi is gazidan vafot etdi
Foto: depositphotos

Qoraqalpog‘istonning Xo‘jayli tumanida ikkita maktab o‘quvchisi is gazidan vafot etdi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Aniqlanishicha, joriy yilning 13-dekabr kuni «Samanko‘l» OFY Qamissholi aholi punkti Faxriylar ko‘chasidagi uyni ijaraga olib ikkita nabirasi bilan birga yashayotgan fuqaro uyini isitish maqsadida qo‘lbola isitish pechini o‘zboshimchalik bilan boshqa xonaga ko‘chirgan. So‘ng uni mo‘risiz holda gaz tarmog‘iga noqonuniy ravishda ulagan.

Fond bozori: «Garant bank» aksiyalari katta o‘sishni qayd etdi

«Toshkent» respublika fond birjasi (RFB)dan joy olgan yuqori likvidli aksiyalarning aksariyati 5-dekabrdan 12-dekabrgacha bo‘lgan davrda ijobiy dinamikani ko‘rsatib, UCI fond indeksi 2,31 foizga oshdi.

Ushbu davr mobaynida «Garant bank» aksiyalari eng katta o‘sishga erishib, 20,08 foizga qimmatlashdi. Shuningdek, «Trastbank» (+12,57%) va «O‘zRTXB» (+5,42%) aksiyalarida ham o‘sish qayd etildi.

Jahon banki O‘zbekiston infratuzilmasini yaxshilash uchun 250 mln dollar ajratadi

Jahon banki ijrochi direktorlar kengashi O‘zbekistonda munitsipal infratuzilmani modernizatsiya qilish uchun $250 mlnlik moliyalashtirish paketini ma’qulladi. Bu haqda Jahon banki Kursiv Uzbekistan’ga ma’lum qildi.

«Shaharlarda yashash va unumdorlikni oshirish uchun qulay sharoitlar yaratish» (LPCP) dasturi Yangiyo‘l va Marg‘ilon shaharlari hamda respublika bo‘yicha yana 14 ta tumanni, jumladan, Qo‘ng‘irot, Chimboy, Asaka, G‘ijduvon, G‘allaorol, Yakkabog‘, Xatirchi, Chortoq, Bulung‘ur, Sirdaryo, Denov, Quva, Shovot va Hazorasp kabi hududlarni qamrab oladi.

O‘sh shahrida Alisher Navoiy haykali va Navoiy nomidagi shohko‘cha ochildi

Foto: Ijtimoiy tarmoq

O‘sh shahrida buyuk o‘zbek shoiri, mutafakkir va davlat arbobi Alisher Navoiy haykali hamda uning nomi bilan atalgan shohko‘chaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar berdi.

Marosimda ishtirok etish uchun O‘zbekiston Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov boshchiligidagi delegatsiya O‘sh shahriga tashrif buyurdi.

O‘zbekiston Markaziy banki raisi AFI direktorlar kengashi rais o‘rinbosari etib saylandi

O‘zbekiston Markaziy banki raisi AFI direktorlar kengashi rais o‘rinbosari etib saylandi. Regulyator Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi nomidan kengashda vakillik qiladi.

Markaziy bank raisi Timur Ishmetov bu qarorni O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlarga berilgan muhim e’tirof deb baholadi. Uning aytishicha, mamlakatda moliyaviy inklyuziyani kengaytirish, kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash hamda inklyuziv moliyaviy ekotizimni mustahkamlashga qaratilgan ishlar yuqori baholangan.

Shuningdek