O‘sh shahrida Alisher Navoiy haykali va Navoiy nomidagi shohko‘cha ochildi
eʼlon qilindi
Ozodbek Nazarbekov boshchiligidagi delegatsiya O‘sh shahriga tashrif buyurgan

O‘sh shahrida buyuk o‘zbek shoiri, mutafakkir va davlat arbobi Alisher Navoiy haykali hamda uning nomi bilan atalgan shohko‘chaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar berdi.
Marosimda ishtirok etish uchun O‘zbekiston Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov boshchiligidagi delegatsiya O‘sh shahriga tashrif buyurdi.
Alisher Navoiy haykali va shohko‘chaning ochilish marosimida Qirg‘iziston prezidentining O‘sh viloyatidagi vakolatli vakili Amankan Kenjebayev, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, O‘zbekiston delegatsiyasi hamda OAV xodimlari ishtirok etgan.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Mozori Sharifda Alisher Navoiy haykali buzilishi yuzasidan izoh berilgani haqida yozgan edi.