Halok bo‘lgan o‘zbekistonlik xotirasiga 238 ming dollar yig‘ildi

eʼlon qilindi
Jami $260 ming miqdordagi xayriya mablag‘i yig‘iladi
Halok bo‘lgan o‘zbekistonlik xotirasiga 238 ming dollar yig‘ildi / Foto: Gofundme

AQShning Braun universitetida sodir bo‘lgan otishma oqibatida halok bo‘lgan o‘zbekistonlik talaba MuhammadAziz Umurzakovning oilasini qo‘llab-quvvatlash maqsadida xayriya mablag‘lari yig‘ilmoqda. Hozirga qadar xayriya uchun belgilangan $260 ming miqdordagi mablag‘dan $238 ming jamlandi.

Xayriyada 5,2 mingdan ortiq shaxslar ishtirok etdi. Eng yirik xayriya mablag‘i 18 ming dollar bo‘lib, uni Uilyam Akman ajratgan. Platforma orqali belgilangan mablag’ning 92 foizi yig‘ib bo‘lindi.

Hodisa 14-dekabr kuni universitetning muhandislik binosida imtihon jarayonida sodir bo‘lgan. Otishma oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan, to‘qqiz nafar shaxs turli darajadagi jarohatlar olgan. Voqeadan so‘ng gumonlanuvchi Benjamin Erikson Braun universiteti hududida qo‘lga olingan.

Foto: Gofundme

AQSh prezidenti Donald Tramp mazkur hodisani «dahshatli voqea» deb baholab, jabrlanganlar uchun duo qilishga chaqirdi.

Ma’lumot uchun, Braun universiteti 1764-yilda tashkil etilgan bo‘lib, AQShdagi eng qadimiy va nufuzli xususiy oliy ta’lim muassasalaridan biri hisoblanadi. Universitet Ivy League tarkibiga kiradi va Rod-Aylend shtatining Providens shahrida joylashgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq o‘zbekistonliklar orasida xorijda o‘qish talabi kamaygani haqida xabar bergan edik.

Shuningdek