O‘zbekiston Markaziy banki raisi AFI direktorlar kengashi rais o‘rinbosari etib saylandi

eʼlon qilindi
O‘zbekiston Markaziy banki AFI’ning muhim a’zolaridan biri hisoblanadi
Foto: «UzA»

O‘zbekiston Markaziy banki raisi AFI direktorlar kengashi rais o‘rinbosari etib saylandi. Regulyator Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi nomidan kengashda vakillik qiladi.

Markaziy bank raisi Timur Ishmetov bu qarorni O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlarga berilgan muhim e’tirof deb baholadi. Uning aytishicha, mamlakatda moliyaviy inklyuziyani kengaytirish, kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash hamda inklyuziv moliyaviy ekotizimni mustahkamlashga qaratilgan ishlar yuqori baholangan.

O‘zbekiston Markaziy banki AFI’ning muhim a’zolaridan biri hisoblanadi. Avvalroq regulyator tashkilotning budjet va moliya qo‘mitasida, shuningdek, genderga yo‘naltirilgan moliyalashtirish qo‘mitasida rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Hozirda O‘zbekiston Markaziy banki AFI’ning Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha siyosiy yo‘nalishlariga rahbarlik qilmoqda.

AFI rivojlanayotgan mamlakatlar markaziy banklari va moliyaviy regulyatorlarini birlashtirgan xalqaro tarmoq hisoblanadi. Tashkilot aholining moliyaviy xizmatlardan foydalana olmayotgan qatlamlari uchun imkoniyatlarni kengaytirishni maqsad qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Markaziy bank tijorat banklaridan insofsiz amaliyotlarni to‘xtatishni talab qilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek