O‘zbekiston va Ozarbayjon 2027-yilgi U-20 futbol chempionatiga tayyorgarlikni bir vaqtda boshladi

2027-yilda O‘zbekiston va Ozarbayjon prezidentlari futbol bo‘yicha U-20 Jahon chempionatini ikki mamlakatda o‘tkazishga tayyorgarlikni boshlash bo‘yicha qarorni bir vaqtda imzoladi. Mazkur qaror tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan muhim voqeani boshlab berdi, deya yozmoqda TIV matbuot xizmati.
Nufuzli musobaqa O‘zbekistonning xalqaro sport maydonidagi obro‘-e’tiborini oshirishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, u yoshlar sportini rivojlantirish va FIFA hamda Osiyo futbol konfederatsiyasi bilan hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishi kutilmoqda.
Tayyorgarlik jarayoni doirasida stadionlar, infratuzilma va logistika sohalarida keng ko‘lamli ishlar olib boriladi. Musobaqa O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi sport sohasidagi hamkorlikni mustahkamlashga ham xizmat qiladi. Yosh futbolchilar uchun katta tajriba maydoni yaratadi va xalqaro sport olamida mamlakatimizning nufuzini oshiradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2027-yili O‘zbekistonda o‘tkaziladigan U-20 Jahon chempionati bo‘yicha prezident qarori qabul qilingani haqida yozgan edik.