Qoraqalpog‘istonda ikki nafar maktab o‘quvchisi is gazidan vafot etdi

eʼlon qilindi
Joriy yilning 13-dekabr kuni Xo‘jayli tumanida
Qoraqalpog‘istonda ikkita maktab o‘quvchisi is gazidan vafot etdi
Qoraqalpog‘istonda ikkita maktab o‘quvchisi is gazidan vafot etdi / Foto: depositphotos

Qoraqalpog‘istonning Xo‘jayli tumanida ikkita maktab o‘quvchisi is gazidan vafot etdi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Aniqlanishicha, joriy yilning 13-dekabr kuni «Samanko‘l» OFY Qamissholi aholi punkti Faxriylar ko‘chasidagi uyni ijaraga olib ikkita nabirasi bilan birga yashayotgan fuqaro uyini isitish maqsadida qo‘lbola isitish pechini o‘zboshimchalik bilan boshqa xonaga ko‘chirgan. So‘ng uni mo‘risiz holda gaz tarmog‘iga noqonuniy ravishda ulagan.

Oqibatda oila a’zolari gazning yonayotgan tutunidan, ya’ni is gazidan kuchli zaharlanib, fuqaro va uning nabiralari 2011-yil (8-sinf) va 2015-yilda (4-sinf) tug‘ilgan fuqarolar o‘zlariga kelmasdan voqea joyida vafot etgan.

Tuman hokimligi marhumning oilasiga ijtimoiy yordamlar ko‘rsatilayotganini bildirdi. Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Tegishli mas’ullarga qarshi bir qancha xizmat tekshiruvlari boshlab yuborilgan.

Avvalroq Braun universitetidagi otishma oqibatida o‘zbekistonlik talaba halok bo‘lgani xabar qilingandi. Unga ko‘ra, MuhammadAziz Braun universitetida bakalavrning birinchi kursida neyroxirurgiya yo‘nalishini o‘rganayotgan bo‘lgan. O‘zbekiston Respublikasining AQShdagi vakolatxonalari marhumning oila a’zolari bilan doimiy aloqada bo‘lib, AQShning tegishli idoralari bilan hamkorlikda barcha masalalarni hal qilish bo‘yicha ish olib borayotganini bildirdi.

Shuningdek